SANOAT KORHONALARDA MAHSULOT SIFATI, UNI BOSHQARISH TIZIMI VA SIFATNI BOSHQARISHNING ASOSIY TAMOYILLARI TAHLILI

Kirjoittajat

  • Orifjonov Nodir G’oyibjon o’g’li. Kirjoittaja

Abstrakti

Jahon global iqtisodiyotini zamonaviy sharoitlarida, bozorda faqat bozor talab qilgan, bozorda qiymatga ega mahsulotni yetkazib beruvchi korxonalargina muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Zamonaviy iqtisodiy holat korxonalar rahbari e’tiborni alohida ishchilar samaradorligiga emas, balki korxonada sifatni boshqarishga tizimli yondoshishga qaratishga undamoqda, bunda korxonaga, iste’molchilar talablariga, shuningdek atrof-muhitni muxofazasi talablariga muvofiq bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga olib keladigan ko‘p jarayonlarni uyg‘unlashgan o‘zaro aloqa sifatida qaramoqdalar. Boshqarishga bunday yondoshishni, jahon iqtisodiyoti rivojlanishini zamonaviy bosqichda korxonalarni oldida turgan maqsadlar va vazifalarni qayta ko‘rib chiqish va mukammallashtirishni davomiy jarayonini oqibati bo‘lgan prioritetlar (ustivor yo‘nalishlarni) qayta baholanishi bilan tushuntirish mumkin. Sifatni boshqarishni doimiy mukammallashtirish tamoyili korxonalarni kuchayayotgan raqobat sharoitidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar rakobatbardoshligini oshirishga va iste’molchilarda ularning sifati va ekologiya xavfsizligiga ishonchni ta’minlashga olib keladigan yo‘llar va usullarni izlashga majbur qiladi. Dunyo rivojlanishining bu bosqichida faqat ishlab chikarilayotgan mahsulotlar va xizmatlarni yuqori sifati orqali dunyo bozorida yetakchi bo‘lish mumkin. Dunyo bozorida bugungi kunda yetakchi hisoblanuvchi davlatlarni tarixi shuni aniq ko‘rsatib turibdiki, ularning yutug‘lari asosida quyidagi komponentlar yotadi: Intizom; Fidokorona mehnat; Mahsulot sifati va uni boshqarish tizimi hamda atrof-muhit sifati masalalarida qat’iylik va sobitqadamlik; Sifatni ta’minlash vazifalarini ustivorligi to‘g‘risidagi fikrlarni aholi ongiga sindirish va boshqalar.

Lataukset

Lataustiedot eivät ole vielä saatavilla.

Lähdeviitteet

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O’zbekiston, 2003. - 40 b.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvarda qabul qilgan “2022 – 2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF-60-sonli farmoni. https://lex.uz/docs/5841063.

Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini yanada qo’llab-quvvatlash to’g’risida. 20.01.2022 y. https://nrm.uz/contentf

Фейгенбаум А. Контроль качества продукции: пер. с англ, -М.: Экономика, 1986.-471 с.

Никсон Френк Роль руководства предприятия в обеспечении качества и надежности. М.: Издательство стандартов, 1990.-231 с.

Букин В. П., Ординарцева Н. П. Стандартизация и качество продукции: Учебное пособие / Под общ. ред. проф. Г.П. Шлыкова — Пенза: ЦНТИ, 2004

Quality Management System And Its Analysis In "Mehmash"

Limited Liability Company Of Namangan Region. International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers ISSN: 2945-4492 (online) | (SJIF) = 7.502 Impact factor. N.G.Orifjonov

Саноат корхоналарида махсулот сифатини бошкариш механизми консепциясини ишлаб чикариш масалалари. Янги Узбекистон иктисодиёти (Илмий-амалий журнал, 5-махсус сон, 2023 йил). N.G.Orifjonov

Julkaistu

2024-04-17

Numero

Osasto

Articles