ZAMONAVIY TAʼLIM TIZIMIDA INTEGRATIV MODULLI YONDASHUVNING MAZMUN MOHIYATI
Abstrakti
Bugungi kunda ilm-fan sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida innovatsion, ijodiy, akmeologik, andragogik va tizimli yondashuvlar bilan bir qatorda integrativ yondashuvdan ko‘proq foydalanilmoqda. Bu yo‘nalishning istiqbolli tomoni shundaki, muayyan bir tizimni taraqqiyot g‘oyalari bilan integratsiyalashtiriladi. Aslida integratsiyali ta’limni ichki mantiqiy bog‘liqlik va chuqurroq metodologik aloqalarga asoslanib amalga oshirish zarur. Endilikda ta’lim falsafasida chegaradosh fanlarning tabiiy moslashuvigina emas, balki kichik kontinental (bir guruhga kiruvchi fanlarning boshqa guruh fanlari bilan) moslashuvi ham o‘zlashtirilmoqda. Hozirgi vaqtda ta’lim tizimida integratsiya muammosiga alohida e’tibor qaratilmoqda.Ta’limda integratsiya deganda biz yangi faol pedagogik jamoada ijodiy o‘sishni, ta’lim oluvchilarga foydali hamda ularning ongiga singdirishning qulay usullarini qo‘llash mahoratini tushunamiz.
Lataukset
Lähdeviitteet
R.A.Mavlonova. N.H.Rahmonqulova. “Boshlang‘ich ta’limni integratsiyalashgan pedagogikasi” Toshkent – “ILM ZIYO” 2009 y. 56 b.
F.A.Boltayeva. The Essence of Integrating Innovative Technologies in Preschool Education. Pindus Journal Of Culture, Literature and ELT. 110 b https://literature.academicjournal.io/index.php/literature/article/view/256
A. Munavvarov tahriri ostida. Pedagogika. – T.: O‘qituvchi, 1996. –200 b.
Nishonova Z. Mustaqil ish rivojlanganligining psixologik mezonlari. Xalq ta’limi. -2001. -3. –B.64-69.
Musaev UD. Integratsiya - ta’lim jarayonini optimallashtirishning muhim printsipi. // J. Xalq ta’limi, 2002. № 6. - 4-6 bet.
Adabiyot nazariyasi. 2jildlik / akademik M.Nurmuhamedov tahriri ostida.– T: fan, 1978, 1979.