JAMIYATDA SHAXS SALOMATLIGINI TA`MINLASHDA TA`LIMNING IMKONIYATLARI.
Abstract
Shaxs salomatligini ta`minlash insoniyat jamiyati taraqqiyotining eng dolzarb muammolaridan bo`lib kelgan. Shaxs biologik evolyusiya mahsuli, jamiyat ishlab chiqarishining asosiy harakatlantiruvchi kuchi, ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy munosabatlarning subyekti hisoblanadi. Alohida shaxslar, tashqi olam bilan bo’lgan munosabatlari xilma-xil bo’lganligi uchun unga xos bo’lgan psixologik sifatlar va fazilatlar ham nihoyatda xilma-xildir. Shaxs jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va barcha ijtimoiy jarayonlarning subyektidir,hozirgi davrda insonlarning psixologik sifatlarini keng namoyon qilishiga jamiyat tomonidan ehtiyoj ortib bormoqda. Shaxsning psixologik xususiyatlari, sifatlari deganda har bir konkret odamning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari tushuniladi.Bizga ma’lumki, har bir odamning o’z ehtiyojlari, qiziqishlari, ishonch - e’tiqodi, malaka va odatlari, qobiliyati, iste’dodi, temperament tipi va xarakter xislatlari bo’ladi. Shaxsdagi psixik jarayonlar va shaxsiy xususiyatlar o’z-o’zicha yuzaga kelmaydi. Psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, xayol va h.k.), shaxsning psixologik xususiyatlari (ehtiyojlari, qiziqishlari, malaka va odatlari, qobiliyatlari, iste’dodi va h.k.)shaxs faoliyati jarayonida namoyon bo’ladi. Psixologiya shaxsni uning turli faoliyati davomida o’rganadi. Shaxsning turli yo’nalishdagi faoliyati shaxslararo ijtimoiy munosabatlari jarayonida amalga oshadi.
Downloads
References
Ta`lim va innovatsion tadqiqotlar.188-b.2022 yil№5
I.Xayriyev.Iroda psixologiyasi.91-b.Fan nashriyoti.2010.
I.Xayriyev.Iroda psixologiyasi.105-106 b.Fan nashriyoti.2010