YONG‘IN AVTOMATIKASI - YONG‘IN SIGNALLASHTIRISH TIZIMLARI VA ISHONCHLILIGI
Abstract
Yong‘in avtomatika - bu yong‘inni o‘z vaqtida aniqlash va yong‘in xavfiga qarshi kurashning belgilangan algoritmini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan uskunalar majmuasidir. Bunday vazifalarni avtomatik tizimlar boshqaruviga o‘tkazish 24 soatlik nazoratni ta’minlash va "inson omili"ni bartaraf etish imkonini beradi. Obyektda har qanday texnik tizimni qo‘llash samaradorligi ushbu tizimni joriy etish natijasi bilan bog‘liq. Yong‘in avtomatika tizimlari uchun bu natija yong‘indan moddiy zararni kamaytirish yoki yong‘in sodir bo‘lganda talab qilinadigan himoya darajasiga erishishdir. Bunda tizimning quyidagi asosiy xossalari optimal nisbatida samaradorlik maksimal bo‘ladi: asosiy parametr (yong‘in avtomatikasi uchun bu yong‘inni aniqlash va o‘chirish vaqti va, binobarin, yong‘indan zarar), tizimning narxi va ishonchliligi. Ma’lumki, yuqoridagilarning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Yong‘in avtomatika tizimlarida o‘ziga xos xususiyatlar mavjud - inson hayoti ko‘pincha ushbu tizimlarning ishlashiga bog‘liq. Shuning uchun qiymat ko‘rsatkichining solishtirma og‘irligi nazariy jihatdan yuqori bo‘lmasligi kerak (bu amalda ko‘pincha ostin-ustun bo‘lib ketadi), ishonchlilik mezonlari va asosiy parametr esa qo‘shimcha ahamiyatga ega bo‘ladi. Ushbu optimallashtirish muammosini hal qilishni tizim buyurtmachilariga, tizimning tezligini oshirish muammosini ishlab chiquvchilarga qoldiramiz va ushbu maqola doirasida uchinchi mezon - yong‘inga qarshi avtomatika texnik vositalarining ishonchliligini tushunishga harakat qilamiz.