OʻZBEK TILINI XORIJIY FUQAROLARGA OʻQITISH METODIKASI
Abstract
Oʻzbek tilini oʻqitishda xorijiy tillarni oʻqitishdagi muayyan tajribalarni olib kirish ushbu maqolaning maqsadlaridan biri hisoblanib, o‘zga tilli guruhlarda oʻzbek tilining samaradorligini oshirish, dars sifatini yaxshilash uchun qilingan harakatdir. Unda quyidagi vazifalar belgilanadi: a) Taʼlimda milliy va xorijiy tajribani qiyoslash; b) Oʻqituvchi va dars sifatini oshirish bilan bogʻliq omillarni tadqiq etish; s) Oʻzbek tilini xorijiy fuqarolarga oʻqitishda xorijiy tajribalarni qoʻllash ikoniyatlarini oʻrganish; d) Til taʼlimida psixologik va metodik kompetentsiyalarni tahlil qilish. Oʻzbek tili darslik va qoʻllanmalarining salmolgʻi va sifatining oshishi til oʻrguvchining taʼlimini osonlashtiradi, idrokini ravshanlashtiradi. Maqolada koʻrsatilgan masalalarning qoʻllanganlik darajasi amaliy ahamiyat kasb etadi. Til taʼlimida metodologik yondashuv zaruriy omil ekan, uni nazariy va amaliy jihatdan hayotga tadbiq etish muhim masaladir.
Downloads
References
Kadirova, X. 2022. “O`zbek tilini xorijiy til sifatida o`itishda pedagogikaning muhim jihatlari”. Oʻzbekiston: til va madaniyat. Amaliy filologiya 1(5): 54-68.
Ne’matov H. So‘z, uning til va nutqdagi o‘rni // O‘zbek tili va adabiyoti, 1988, 6-son. – B. 38-43.
Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. – 128 b.